OCHIQ TANLOV

EN

RU

Muvofiqlik mezonlari:

  • O‘zbekiston fuqarolari uchun ochiq.

  • Zamonaviy san’at sahnasi haqida dastlabki bilimlar zarur.

  • Arizachilar 17 dan 21 - fevralgacha soat 10:00 dan 17:00 gacha Toshkent shahri, Buyuk Turon 77, MOC hub markazida bo‘lib o‘tadigan oflayn seminarlarda qatnashish uchun to‘liq tayyor bo‘lishlari kerak.

Davra Tadqiqot Guruhi O‘zbekistonning zamonaviy san’at sahnasidagi kuratorlik amaliyotidagi mavjud bo‘lgan bo‘shliqni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan “Kuratorlik Laboratoriyasi” ta’lim dasturiga arizalar qabulini boshlaydi. 

So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo rassomlarining jahon miqyosida o‘sib borayotgan e’tirofga sazovor bo‘lishi, aynan kuratorlik tashabbuslaring ahamiyati ortib borayotganini ta’kidlaydi. Kuratorlik Laboratoriyasi ishtirokchilarni kuratorlik amaliyotida muhim bilim va amaliy tajriba bilan ta’minlash, bo‘lajak san’at yetakchilarining keyingi avlodini kuchaytirish orqali ushbu jadallikni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan.

Laboratoriya haqida

O‘quv dasturi taniqli kuratorlar bo‘lgan Valentin Umanskiy va Filipa Ramoslardan o‘rganish imkoniyatini taqdim etadi. Ishtirokchilar kuratorlik amaliyotining asosiy jihatlarini, jumladan tadqiqot metodologiyalari, kontseptsiyani (g‘oya) ishlab chiqish, matn yozish, ko‘rgazma dizayni va hamkorlikdagi yondashuvlarni o‘rganadilar. Mentorlar Davra tadqiqot guruhi a’zolari bilan birga faoliyat olib boradilar va guruh o‘quv jarayoniga Markaziy Osiyo tajribasi nuqtai nazaridan o‘z hissasini qo‘shadi. Loyida Davra tomonidan faollashtirilib, uning mahalliy kontekstga bog‘liqligini ta’minlagan va fikrlashgan holda yakunlanadi.

Loyiha Britaniya Kengashining “Creative Collaborations” dasturi orqali amalga oshirilgan bo‘lib, u Markaziy Osiyo va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi madaniy almashinuvni va aloqalarni mustahkamlaydi.

Mentorlar bilan tanishing

Valentin Umanskiy (Valentine Umansky)

Kurator, yozuvchi va tanqidchi Valentin Umanskiy tasviriy san'atga bag'ishlangan turli muassasalarda ish faoliyati olib borgan va hozirda Tate Modern galereyasida Xalqaro san'at kuratori bo'lib ish olib boradi. Valentinning harakatdagi tasvirlar bo'yicha katta tajribasi Kuratorlik laboratoriyasiga noyob nuqtai nazar va chuqur tajriba olib keladi.

Filipa Ramos

Filipa Ramos — London va Parijda joylashgan Central Saint Martins universitetida kurator, san'atshunos va o'qituvchi bo‘lib ish yuritadi. U kino va video san'at platformasi bo‘lgan Vdrome kuratori. Filipa noyob kuratorlik tajribasiga ega bo‘lib, u DOCUMENTA (13) tadqiqot bo‘limi kuratori, Manifesta jurnali muharriri yordamchisi va Komo shahridagi Antonio Ratti fondida jamoat dasturlari kuratori bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan.


Muhim ma’lumot

Kuratorlik Laboratoriyasi bepul va o‘zbek/rus tillariga tarjima qilingan holda ingliz tilida olib boriladi.

Agar siz Toshkent shahridan tashqarida istiqomad qilsangiz va seminarda qatnashish uchun moliyaviy yordamga muhtoj bo‘lsangiz, iltimos, ariza shaklida bu haqida bizga xabar bering. Biz barcha ishtirokchilar teng imkoniyatlar bilan ta’minlanishini maqsad qilganmiz va zarur bo‘lgan holda sayohat va turar joy uchun tashkiliy yordam berishga harakat qilamiz.

Ariza topshirish jarayoni

Ariza berish uchun quyidagi shaklni 2025-yil 21-yanvargacha to‘ldiring.